O'zbekistondagi barcha ta'lim xizmatlari

O'quv markazlari, universitetlar, xususiy maktablar, repetitorlar va h.k.

Sarlavha bo'yicha qidiring yoki kerakli bo`limga o'ting

 - Rank.uz

Toifalar

Faqat kerakli bo`lganlari

Synergy University Dubai - Rank.uz

Synergy University Dubai

OTM lar

Synergy University Dubai - Rank.uz

0.0 (0 Sharhlar)

Oxus University - Rank.uz

Oxus University

OTM lar

Oxus University - Rank.uz

0.0 (0 Sharhlar)

Perfect University - Rank.uz

Perfect University

OTM lar

Perfect University - Rank.uz

0.0 (0 Sharhlar)

Toshkent Xalqaro Moliyaviy Boshqaruv va Texnologiyalar Universiteti - Rank.uz

Toshkent Xalqaro Moliyaviy Boshqaruv va Texnologiyalar Universiteti

OTM lar

Toshkent Xalqaro Moliyaviy Boshqaruv va Texnologiyalar Universiteti - Rank.uz

0.0 (0 Sharhlar)

Renessans Ta'lim Universiteti - Rank.uz

Renessans Ta'lim Universiteti

OTM lar

Renessans Ta'lim Universiteti - Rank.uz

5.0 (1 Sharhlar)

Tashkent International University - Rank.uz

Tashkent International University

OTM lar

Tashkent International University - Rank.uz

0.0 (0 Sharhlar)

Tashkent Metropolitan University - Rank.uz

Tashkent Metropolitan University

OTM lar

Tashkent Metropolitan University - Rank.uz

0.0 (0 Sharhlar)

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti - Rank.uz

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti

OTM lar

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti - Rank.uz

0.0 (0 Sharhlar)

Innovatsion va ijtimoiy iqtisodiyot universiteti - Rank.uz

Innovatsion va ijtimoiy iqtisodiyot universiteti

OTM lar

Innovatsion va ijtimoiy iqtisodiyot universiteti - Rank.uz

0.0 (0 Sharhlar)

Eng ko`p talab qilinadiganlari

Bu yerda siz yuqori talabga ega bo`lgan va istalgan turdagi o`quv muassasalari to`g`risida ma`lumotga ega bo`lasz

O`quv yo`nalishlari

Faqat kerakli bo`lganlari

Ingliz tili filologiyasi

20 Kurslar

O`zbek tili

21 Kurslar

Biznes administratsiya

3 Kurslar

Moliya va buxgalteriya hisobi

28 Kurslar

Psixologiya

2 Kurslar

 - Rank.uz
 - Rank.uz

Va foydali maslahatlar

Toshkentda rus tili o'z ahamiyatini yo'qotayaptimi


Rus tilining istiqbollariAyni paytda, Toshkent aholisining katta qismi rus tilida yaxshi gapira oladi va ruschani tushunadi, ammo ba'zilari zamonaviy dunyoda rus tilining ahamiyati va zaruriyatini inkor etadi.Keling, rus tilining O'zbekiston aholisi uchun zaruriyati va foydasini ekanligini ko'rib chiqaylik.Tillarni bilish, shubhasiz, har qanday holatda ortiqchalik qilmaydi.Hozirgi vaqtda juda ko'p ma'lumotlar rus tilida taqdim etilishini hisobga olib- rus tilini hech bo'lmasa ozroq bilish foydadan holi bo'lmaydi.Bundan tashqari, ba'zi kompaniyalarda ish qabul qilishda, rus tilini bilimi mamnuniyat bilan qabul qilinadi, ba'zi kompaniyalarda, masalan, turizm sohasida rus tilini etarli darajada bilmaydiganlar hattoki ishga qabul qilinmaydi.O'zbekistonda rus tilida erkin so'zlashadigan odamlar muloqotda hech qanday chegaralarni his qilmaydilar, shuningdek, Rossiya va sobiq sovet hududining boshqa mamlakatlarida erkin ishlash, muloqot qilish va yashash imkoniga egadirlar.Agar sizni o'z rus tilini bilish darajangiz qanoatlantirmasa, nima qilish kerak?Keling, rus tilini o'rganish yoki takomillashtirish bo'yicha mumkin bo'lgan variantlarni ko'rib chiqaylik.Agar siz ,rus tilini bilish siz uchun foydali ko'nikmaga ekanligiga qaror qilgan bo'lsangiz, rus tilini biroz chuqurroq o'rganishni tavsiya etamiz.Rus tilini takomillashtirishning quyidagi variantlari mavjud:Repetitor bilan mashg'ulotlarAyni paytda siz ko'plab rus tili repititorlarni topishingiz mumkin, ular sizga tilni iloji boricha tez va samarali tarzda o'rganishga yordam beradi O'quv markazida guruhli mashg'ulotlar.Siz Toshkentdagi har qanday o'quv markaziga murojaat qilishingiz va rus tili bo'yicha kurslarga yozilishingiz mumkin.Kurslarda siz nafaqat rus tili nazariyasi bo'yicha bilimlarni o'zlashtira olasiz, balki siz, o'ziz kabi talabalar bilan  nutqni rivojlantirishingiz mumkin Rus tilida so'zlashuvchi muhitO'rganishning yana bir foydali usuli- rus tilidani tashuvchilari bilan muloqot qilishdir.Ayniqsa, sizning muloqot doirangizda rus tilida gaplashadigan odamlar yoki rus tilida muloqot qilishni o'rganishni istovchilar bo'lgani yaxshi.Bunday holatda, do'stlar davrasida rus tilida gaplashishga harakat qiling va bir muncha vaqt o'tgach, siz ko'nikmangiz qanday yaxshilanganini sezasiz.Demak, agar sizga, universitetga kirish uchun rus tilini o'rganishingiz kerak bo'lsa— abituriyentlarni kafolat bilan tayyorlaydigan eng yaxshi o'quv markaziga murojaat qilishingiz va abiturientlar uchun mo'ljallangan rus tili kurslariga yozilishingiz mumkin.O'qituvchini tanlashda uning so'rovnomasibilan tanishing, uning ma'lumoti va ish tajribasi haqida bilib oling.Agar siz o'quv markazi tomonidan taqdim etiluvchi bepul darsda qatnashib ko'rsangiz va o'qituvchining o'qitish metodikasi sizga mos keladimi yoki yo'qligini bilib olsangiz yaxshi bo'ladi.Boshqa xorijiy tillar singari, rus tilini o'rganayotganda, sizning oldingizda yangi imkoniyatlar va tanishuvlar ochilib boradi.Siz, istalgan agentliklardagi bo'sh ish o'rinlarga da'vo qilishingiz, rus tilida so'zlashiluvchi mamlakatlarga sayohat qilganingizda odamlar bilan erkin muloqot qilishingiz, shuningdek, qiziqarli va foydali ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin.Shunday qilib, tillarni o'rganish uchun yosh chegarasi yo'qligi, ularni bolalar ham, kattalar ham o'rganishi mumkinligi tufayli Toshkentda rus tili kurslari barcha yoshdagi odamlar orasida juda ommalashgani ma'lum bo'lmoqda.Shuni unutmangki, rus tilini bilish juda muhim bo'lgan ko'plab vaziyatlar mavjud.Rus tili bo'yicha o'quv markazi rus tilida o'z ko'nikmalarini oshirishga jur'at etganlar uchun haqiqiy imkoniyatdir.Malakali va layoqatli rus tili mualimini tanlasangiz, siz juda yaxshi natijalarga erishasiz.

Universitetga tayyorgarlik: Mutaxassislikni qanday tanlash kerakligi va imtihonlarga tayyorlanish haqida


“Taʼlim — sivilizatsiya translyatsiyasi”, — degan edi tarixda qolgan mashhur shaxslardan biri. Darhaqiqat, munosib hayot kechirish, olamshumul kashfiyotlar boʻlishi uchun ilm-fan doim prioritetda boʻlishi, yosh avlod sifatli taʼlim olishi kerak. Quvonarlisi, najot faqat va faqat taʼlimda ekanini tushunib yetayotgan insonlar soni tobora ortmoqda. Buni universitetda oʻqishga talabgorlar soni yildan-yilga koʻpayayotganidan ham bilsa boʻladi. Davlat test markazi (DTM) maʼlumotlariga koʻra, 2021-2022-oʻquv yili uchun 892 242 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etgan boʻlsa, 2022-2023 oʻquv yili uchun ushbu koʻrsatkich 1 million 73 ming 821 nafarni tashkil qilgan.Oʻtgan yilgi maʼlumotga qaralsa, abituriyentlar (birinchi taʼlim yoʻnalishiga nisbatan) tomonidan eng koʻp tanlangan oliy taʼlim muassasalari roʻyxatida Oʻzbekiston milliy universitetini yetakchilik qilganini bilish mumkin. Toshkent davlat pedagogika universiteti bu borada ikkinchi oʻrinda boʻlsa, Namangan davlat universiteti roʻyxatda uchinchi boʻlgan. Qayd qilinishicha, keyingi oʻrinlarni Urganch davlat universiteti hamda Jizzax davlat pedagogika instituti egallagan.May oyining oxiri, iyun oyining boshlari maktab/ kollej bitiruvchilari uchun juda ham masʼuliyat va hayajonli payt hisoblanadi. Oʻgʻil-qizlarning aksariyati allaqachon qaysi universitetga topshirishga qaror qilib ulgurganiga qaramay, oxirgi lahzalarga borib, fikri oʻzgarishi, hatto ayrimlar hali hanuz qaysi universitet, yoʻnalishni tanlashni bilmay turgan boʻlishi mumkin. Ammo buning vahimali tomoni yoʻq. Negaki, oʻsmir yoshidagi oʻquvchilarning mustaqil va katta hayot oldidan ikkilanishi, aniq qaror qabul qilishga qiynalishi oʻta normal. Shuni inobatga olgan holda, taʼlimga oid deyarli barcha maʼlumotlarni oʻzida mujassam qilgan Rank.uz imtihonlarga qanday tayyorlanish kerakligi, qaysi sohada oʻqishni bilmay, boshi qotib turgan yigit-qizlarga asqatadigan tavsiyalarni taqdim qiladi.Boshqalarning tanlovi asosida qaror qabul qilmangOʻzbek oilalarida aksariyat holda: “Oʻgʻlim katta boʻlsa, oila kasbini davom ettirib, shifokor boʻladi” yoki “Oilali boʻlganda muammo boʻlmasligi uchun qizimni oʻqituvchi qilaman”, — deya oldindan farzandlarining kelajagi uchun qaror qilib qoʻyish holatlari koʻp uchraydi. Ota-ona farzandiga yomon boʻlishini xohlamasligiga shubha yoʻq, lekin kelajak, bir umrlik kasb haqida gap ketganda, inson oʻz hayoti bilan bogʻliq qarorni oʻzi qabul qilishi, bunda qiziqish va xohishlari inobatga olinishi kerak. Ota-ona, oilaning kutuvlarini amalga oshirish, bir umr pushaymon boʻlib yashashga sabab boʻlib qolmasligi lozim.Shunday ekan, birinchi navbatda yigit-qizlar oʻzini ertaga qaysi sohada koʻrayotganini aniqlab olishi, turli omillarni taroziga solib, chindan ham shunga koʻzi yetadimi yoki yoʻqligini mulohaza qilib koʻrishi kerak. Ota-ona farzandining bolaligidan shu kungacha boʻlgan salohiyati, iqtidoridan kelib-chiqib uni toʻgʻri yoʻnaltirsa, maslahat bersa maqsadga muvofiq boʻladi.Qiziqish, xohish asosida mantiqan tanlov qilingAgar matematika, iqtisod singari fanlarga qiziqsangiz, ekologiya yoki psixologiyaga, ona-tili, xorijiy tillar yo tarixga qiziqsangiz dasturlash, dizaynerlik yoki shifokorlikka topshirib yurmang, tagʻin. Albatta, qaysi sohani tanlash xohishingizga havola, bunga eʼtiroz yoʻq. Shunchaki, qiziqish asosida mantiqiy tanlov qilish ertangiz, kasbiy faoliyatingiz uchun foydadan holi boʻlmasligini unutmasligingiz kerak. Bu nafaqat oʻz hayotingiz, balki jamiyatga ham taʼsir qiladi. Gap shundaki, rivojlanish uchun mamlakatning yaxshi mutaxassislarga ehtiyoji bor. Malakali, professional kadr boʻlish uchun esa sohani mukammal oʻrganishdan tashqari, uni yaxshilanishi uchun sidqidildan faoliyat yuritish, buning uchun inson kasbini yaxshi koʻrishi kerak. Hammasi zanjirdek bir-biriga aloqador, anglaganingizdek.  Kelajagi bor sohalarga eʼtibor qaratingQiziqishlar aniq bir sohaga boʻlmasa-chi, unda nima qilish kerak? Bunday vaziyatda jahon mehnat bozori, eng talabgir va kelajagi bor sohalarni oʻrganib, tahlil qilib koʻrish ayni muddao. Xulosa qilishdan avval reyting, statistik maʼlumotlarni qiyoslab koʻring. Kerak boʻlsa yoʻnalishlarning ertasi bilan bogʻliq gipotezalar, daromadlarining qanchalik stabil yoki yoʻqligi haqidagi tendensiyalarni ham koʻzdan qochirmang.Imtihonlarga qanday tayyorlanish kerak?Soha tayin boʻlsa, eng muhim va asosiy qadamlardan biri kirish imtihonlariga tayyorlanish hisoblanadi. Aslida maqsad aniq boʻlsa, oʻqishga tayyorgarlik qancha erta boshlansa, shuncha yaxshi. Agar baza mustahkam boʻlsa, oz muddatda ham samarali tayyorlanish imkoni bor. Faqat bunda zoʻriqish va bosim bilan oʻqishga toʻgʻri kelishi mumkin.Bilimga suyaningImtihon natijasi ijobiy boʻlishi, universitet talabasi boʻlish uchun bir kafolat bor – bu faqat va faqat bilim. Topshirilayotgan yoʻnalish boʻyicha qanday fanlardan imtihon boʻlishini aniqlab, jiddiy tayyorlanish muvaffaqiyatga eltuvchi yoʻl hisoblanadi. Shu darajada tayyorlanish kerakki, oʻtolmasam-chi, degan shubhaga oʻrin qolmasin.Vaqtingizni toʻgʻri taqsimlangTayyorgarlik jarayonida odatiy turmush tarzini biroz oʻzgartirish, odatdagidan koʻproq shugʻullanish foydadan holi emas. Lekin shu bilan birga oʻz vaqtida dam olish, ovqatlanish kerakligi, uyquning meʼyorda boʻlishiga ham eʼtibor qaratish kerak. Negaki, miya oʻta faol boʻlgani hisobiga koʻproq energiyaga ehtiyoj sezadi. Bunday vaqtda qilinadigan ish va mashgʻulotlarni muhim va muhim boʻlmaganga ajratib olish yaxshi samara beradi. Masalan, kompyuter oʻyinlari va televizor tomosha qilishni oʻqishga kirish uchun hech qanday hissasi yoʻq. Lekin toza havoda oʻttiz daqiqa sayr qilish yoki velosiped uchish qon aylanishini yaxshilashi, tetiklashtirishi bu esa imtihon tayyorgarligi uchun naqadar muhimligini anglash kerak.  Psixologik tayyorgarlikImtihonga faqat fan nuqtayi nazaridan emas, psixologik jihatdan ham tayyorlanish muhim sanaladi. Chunki, bu katta hayotga qoʻyilayotgan ilk qadamlardan biri. Shunday ekan hayotingiz oldidagi masʼuliyatni his qilib, qoʻlingizdan kelgancha yaxshilab tayyorlanishdan tashqari, har bir inson xato qilishi mumkinligi, baʼzida turli omillar hisobiga natijalar kutganimizdek boʻlmasligi mumkinligini ham yodda tuting.Faqat oʻqib, oʻrganish bilan cheklanmangOʻrganayotgan soha, unga doir muhit yaratishga harakat qiling. Masalan, yoʻnalishingiz boʻlsa, xonangiz devorlariga yodlagan yangi soʻzlaringiz, jumlalarni yozib, yopishtirib qoʻying. Transportdaligingiz yoki boʻsh vaqtingizda oʻsha tildagi musiqalarni tinglashga harakat qiling. Dam olish kunlari film tomosha qiling. Bu har tomonlama foyda berishi aniq.Yana bir muhim tavsiyaPedagog boʻlmoqchimisiz yoki tibbiyot xodimi farqi yoʻq, yaxshilab kuzatib, tahlil qilib koʻring. Masalan, oʻqituvchingiz dars oʻtishda asosan nimalarga eʼtibor beradi? Mavzuni qanday tushuntiradi va toʻsatdan paydo boʻlgan muammoli vaziyatlarda qanday yechim topadi? Shuningdek, sohangizga qarab yaqin poliklinika, bank va istalgan maskanga borib kuzatsangiz boʻladi. Bu qiziqishlar va real vaziyatning qanchalik bir-biriga muvofiqligini taroziga solish, tasavvur paydo qilishga yordam berishi mumkin. Gap shundaki, asosiy vazifalardan tashqari, siz xayolingizga ham keltirmagan kasbning nozik tomonlari, ayrim nyuanslar boʻlishi, bu haqida esa siz bexabar boʻlishingiz mumkin. Agar shularni bilgandan keyin ham fikringiz oʻzgarmasa, demak sizning soha tanlash borasidagi fikringiz qatʼiy boʻladi.

Toshkentda qaysi oliy o’quv yurtiga o’qisa bo’ladi?


Universitetga kirish haqida gap ketganda, bo'lajak abituriyentlar titraydilar va asabiy ravishda ko'zlarini silkitadilar. Sizning hayotingiz o'zgarmoqchi – qanday qilib tashvishlanmaslik kerak? Ushbu maqolada Toshkentdagi yaxshi obro'ga, kuchli o'qituvchilar tarkibiga va imtiyozlarga ega bo'lgan eng yaxshi universitetlar ro'yxati keltirilgan.Poytaxtdagi eng yaxshi 3 ta universitetRejalar tuzishdan oldin, maqsad haqida qaror qabul qilishingiz kerak. Tanlov qilishni osonlashtirish uchun o'zingizga savollar bering:Sizni qanday kasb qiziqtiradi? Qaysi sohalarda ishlashni xohlaysiz?Qaysi universitetlar ushbu kasbni o'rgatishi mumkin?Siz turli xil variantlarni ko'rib chiqishingiz va maqsadlaringizni unutmasligingiz kerak.Plexanova nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi ToshkentdaRossiya byudjet muassasasining filiali iqtisodiy fanlarga ixtisoslashgan. U 25 yoshga to'ldi va shu vaqt ichida O'zbekistonda raqobatbardosh xorijiy universitet hisoblanadi. U o'zining kuchli o'qituvchilari va ulug'vor tarixi bilan mashhur.  Plexanova nomidagi akademiya ta'limi rus tilida olib boriladi va kunduzgi o'qish imkoniyati mavjud. Fakultetlar:Xalqaro savdo.Tashkilotlar va korxonalar iqtisodiyoti.Moliya va kredit.Xalqaro iqtisodiy munosabatlar.Analitik iqtisodiyot va ekonometrika.Biznes va tahlil.Toshkent davlat pedagogika universiteti (TDPU)Nizomiy nomidagi pedagogika instituti Toshkentdagi eng yaxshi universitetlar reytingida 2-o'rinda joylashgan. 15000 talabani qabul qiladigan eng yirik ilmiy va ta'lim markazidir. Ijodkorlikni ochib beradigan sifatli ta'lim beradi, amaliyot olish va mutaxassislar bilan tajriba almashish uchun imkoniyatlar yaratadi.Fakultetlar:Axborot tizimlari va texnologiyalari.Matematika va informatika.Kimyo.Tarix.Biologiya.Geografiya va iqtisodiyot asoslari.Chet tili va adabiyoti: ingliz tili.Fizika va astronomiya.Toshkent moliya institutiShahardagi etakchi universitetlardan biri. Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSh, Malayziya universitetlari bilan hamkorlik qiladi. Moliya instituti kelajakdagi iqtisodchilar, menejerlar, moliyachilar, advokatlarni tayyorlaydi.Fakultetlar:Iqtisodiyot.Baholash ishlari.Soliqlar va sug'urta.Buxgalteriya hisobi va audit.Byudjet hisobi va g'aznachilik.Bank ishi.

Oliy ma'lumot kerakmi?


Ayrimlar universitet diplomisiz hayotda ma'lum bir cho'qqilarga erishib bo'lmaydi, boshqalar esa universitetda o'tkaziladigan davr- bekorga ketgan vaqt deb hisoblaydi.Darhaqiqat, Toshkent shahrida oliy ta'lim olishning o'z ijobiy va salbiy tomonlari bor.Afzalliklar quyidagilarni o'z ichiga oladi:Yaxshi ishga joylashish imkoniyati.Axir, ko'plab davlat tashkilotlariga, ayniqsa, nufuzli lavozimlarga, oliy ma'lumot diplomisiz ishga qabul qilishmaydi.Mavzuni chuqur o'rganish va ko'nikmalarga ega bo'lish.Ba'zi yo'nalishlarni faqat ixtisoslashgan universitetlarda o'qib-o'rganish mumkin. Kompaniyalarda yuqori malakali mutaxassislar ko'proq qadrlanadi.Amaliy mashg'ulotlar, qunyoqarashni kengaytirish va foydali tanishlar ortirish.Albatta, kamchiliklar ham bor:Bir necha yil ta'lim olish, O'zbekistonda bakalavriat 4 yil, magistratura yana 2 yil.Hamma ham ish va o'qishni birgalikda amalga oshira olmasligi mumkin, shuning uchun ota-onalar uchun og’ir moliyaviy yuk tushurish.Ta'lim olish uchun xarajatlarning juda katta ekanligi.Byudjetga faqat sanoqli yoshlar kira olishlari mumkin, qolganlari esa shartnoma asosida, juda katta miqdorda pul to'lab o'qiydilar.Toshkent shahridagi tayyorlov kurslari byudjetga kirish imkoniyatini oshiradi.Shu bilan birga, shartnoma to'lovi har yili oshib boradi.Universitet qanchalik nufuzli bo'lsa, to'lov shuncha  qimmat bo'ladi.Minimal darajadagi amaliy mashg'ulotlar.Universitetlarda ular asosan nazariya o'qitiladi, shuning uchun bitiruvchilarning ishga tayyorgarligi yetarlicha bo'lmaydi hamda o'qishni bitirib  ishga joylashgandan keyin o'rganish talab qilinadi.O'quv yuklamasi hajmining katta ekanligi.Ko'p ma'lumotni eslab qolish zaruriyatidan tashqari, doimiy ravishda imtihon, test sinovlari, referatlar va nazorat ishlarini topshirish zarur.Bu ko'pchilik uchun stressdir.AMMO!Ba'zi kasblar va ish joylari uchun universitetda ta'lim olmasa bo'lmaydi.Faqat ixtisoslashgan universitetlardagina shifokor, fizik, geolog, ekolog, advokat, muhandis, iqtisodchi, o'qituvchi va boshqa mutaxassisliklarni egallash mumkin.Qanday tanlash mumkin?Mutaxassislar OTM ni tanlashda, ommaviy yoki obro'li ekan degan fikr ta'sirida harakat qilmaslikni maslahat beradilar.Toshkent shahridagi zamonaviy o'quv kurslari ham qisqa vaqt ichida ko'plab kasb-hunarlarni egallashni taklif etadilar.Axir, kasbni tanlashda: o'z qiziqishlaringiz va qobiliyatingizga asoslangan qaror qabul qilish kerak.Misol uchun, dizaynerlik kiyimlarni, oliy ma'lumot haqidagi diplomga ega bo'lmasdan, tikib va sotish mumkin.Bundan tashqari, mehnat bozorini o'rganish kerak.Agar ma'lum bir qiziqishlaringiz bo'lmasa, unda o'n yil keyingi istiqbol uchun yaxshi pul to'lanadigan, talab yuqori bo'lgan mutaxassisliklar ro'yxatining bosh o'ntaligini ko'rib chiqish yaxshidir. Bozorda raqobat juda katta bo'lgani tufayli o'ta ommalashgan kasb bilan ham ish topish qiyin bo'ladi.Universitetni tanlagandan so'ng, u haqida fikr-mulohazalarni o'qib chiqish, hozirda o'qiyotgan talabalar bilan tanishish, o'qitish sharoitlari va o'qituvchi-pedagoglar tarkibi haqida ma'lumot olish kerak.Bularning barchasini internetda, onlayn tarzda amalga oshirilishi mumkin.Bundan tashqari, o'qishga kirishdan oldin, puxta tayyorgarlik ko'rish, Toshkent shahridagi, kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin bo'lgan o'quv kurslarini o'rganib chiqish.Hatto buning uchun bir yil vaqt ketsin, biroq siz imtihonga tayyor bo'lasiz.Xulosa.Shuni esda tutish kerakki, oliy ma'lumot razolat yoki ziyo emas, bu barcha muammolarning uchun yechim emas yoki yorqin kelajak kafolati emas.Oliy ma'lumot- bu undan to'g'ri foydalanish kerak bo'lgan zahiradir.Ba'zi insonlar universitet diplomiga muhtoj emas, ular Toshkentdagi tor ixtisosli kurslarni afzal ko'rishadi, bu yerda ular ahamiyati va nufuzi jihatdan hech qolishmaydigan kasblarni o'rganishlari mumkin.Asosiysi- hayotda, intilishga arzigudek maqsadni tanlash va o'zi shug'ullanishni xohlagan narsani tanlash kerak.Aks holda, ta'lim- vaqt va pulni bekorga sarflash bo'ladi.

Maxsus taklif: ta'lim markazini ochish munosabati bilan barcha kurslar uchun chegirmalar.


🎉🚀 ProCode o'quv markazimizni ochish munosabati bilan, biz maxsus aksiyani e'lon qilishdan hursandmiz!Barcha o'quv kurslarimizga chegirma oling va IT sohasidagi ta'lim safariga biz bilan boshlang. Bu sizning ko'nikmalarini rivojlantirish, yangi texnologiyalarni o'rganish va shu tez o'sayotgan sohada muvaffaqiyatli kasbga birinchi qadamni qo'yish uchun ideal imkoniyat.Sizning imkoniyatingizni yo'qotishga ruxsat bermang, kamaytirilgan narxga sifatli ta'lim oling. ProCode-da sizni kutamiz!

Finexpert o'quv markazida "Buxgalteriya hisobi va 1C" kursi bo'yicha yangi guruh ochildi


22-fevral kuni soat 19-00 da "Buxgalteriya hisobi va 1C" kursi bo'yicha yangi guruh ochiladi.Bu tajribali ustozimiz Zamira Yusupova bilan qisqa vaqt ichida bilim olish uchun ajoyib imkoniyat.Kurs davomiyligi haftasiga 2 oy 2 marta 2 soatdan: chorshanba-shanba19-00 dan 21-00 gacha.Kurs narxi oyiga 1 200 000 ming.Ushbu narx 8.3 dan litsenziyalangan 1-dasturni o'rnatishni o'z ichiga oladi.Treningdan keyin foydalanishingiz mumkin bo'lgan bazalarni o'rnatish.Va eng muhimi va zaruri - bu mashg'ulot paytida ham, undan keyin ham savollaringiz bo'yicha o'qituvchi bilan maslahatlashish.

Repititorni qanday tanlash mumkin?


Chet tilini bilish, tugal ta'lim olishni  va kelajakda yaxshi ish joylashishni istaganlar uchun majburiydir.Lekin, chet tilini o'rganish oson ish emas.Ayniqsa, gap bolalar haqida ketganda.Ingliz tili kurslari bo'yicha xususiy repetitor, ko'pchilik uchun eng yaxshi yechimdir.Toshkent shahrida ingliz tili bo'yicha repetitorni qanday to'g'ri tanlash mumkin?Axir, takliflar ko'p, samarali natijani esa, hamma ham kafolatlay olmaydi.Toshkentda shahrida,bolalar va hatto kattalar ham: raqobat  va do'stona muhitda yangi bilimlarni egallashi mumkin bo'lgan guruhli mashg'ulotlari unga muqobil bo'la oladi.Qaysi bir variant afzalroq?Ta'kidlash joizki, Toshkent shahridagi guruhli ham va individual tarzdagi ham mashg'ulotlar o'z ijobiy va salbiy tomonlariga ega, ular samarali va foydasiz bo'lishi mumkin.Bu erda talabaning istaklarini, uning qobiliyatlarini va o'qituvchilarning tajribasini hisobga olish kerak.Chet tili kurslari o'z afzalliklariga ega:- ko'pincha o'qituvchilar o'zgaradi, biri grammatikani o'rgatadi, ikkinchisi suhbat uslubini, uchinchisi esa biror yangi narsalarni o'rgatadi.- talabalar guruhining tarkibi ham o'zgarib turadi, bu esa ta'lim jarayoniga xilma-xillikni olib kiradi.- kurslar, individual tarzdagi darslar bilan solishtirganda arzonroqdir.Repititor bilan shug'ullanish ham o'z afzalliklariga ega:- repititor, mavzuni o'rganishning afzalligi va maqsadlarini hisobga olgan holda ota-ona tomonidan tanlanadi.Shu bilan birga, Toshkent shahridagi repetitorlarini haqida fikr-mulohazalarni o'rganish kerak.- tahsil oluvchiga individual tarzda yondashuvni, hatto eng yuqori malakali kurslar ham ta'minlay olmaydi.- ota-onalar ta'lim jarayonini kuzatishi mumkin.Repititorni qanday to'g'ri tanlash mumkin?Toshkent shahridagi matematika va ingliz tili repetitorlari reytingi talab eng ko'p bo'lgan mualimlarni aniqlash imkonini beradi.So'ngra, tanishuvni boshlash mumkin.Birinchi taassurot muhim ahamiyatga ega.Professional va mas'uliyatli repetitor faqat darslar uchun to'lov bilan bo'lishibgina qolmay, balki bo'lajak shogirdi haqida qandaydir ma'lumotlarni, uning yutuqlari, qiziqishlari va muvafaqiyatlari haqida bilishga harakat qiladi.Bu unga to'g'ri o'quv dasturini tanlash imkonini beradi.Aks holda, siz farzandingizga mos kelmasligi mumkin bo'lgan, umumiy sxema bo'yicha o'qitish xavf soladi.Agar birinchi muloqot ijobiy o'tgan bo'lsa, unda repetitorning malakasining dalolatini (diplom, sertifikat) talab qilish kerak.Bundan tashqari, ayrim mualimlar, tavsiyanomalar yoki sobiq talabalarning telefon raqamlarini taqdim etishga tayyor bo'ladilar.Xulosalar.Chiroyli va'dalar samarali natijaga kafolat bera olmaydi.Hatto, eng tajribali va o'z kasbining ustasi bo'lgan mualim ham istalgan yoshdagi bolalarni o'qitishga qodir emas.Odatda, har bir o'qituvchining ixtisoslashuvi bor: OTM ga tayyorlash, maktabgacha yoshdagi bola bilan ishlash, kattalarni o'qitish.Agar repetitor, mashg'ulotlar kursi yukunlari bo'yicha imtihondan yuz foiz o'ta olish va mavzuni mukammal egalashni va'da qilsa, unda ro'parangizda tajribasiz mualim turibdi.Yodingizda tuting, individual tarzdagi darslar chet tilini bilishni yaxshilashga yordam beradi.Va nihoyat, muhim bir nuqta – talaba va mualim orasida munosabatlar yaxshi bo'lishi kerak.Agar bir oydan keyin ham tomonlar o'rtasida muloqot o'rnatilmasa, demak mualimni almashtirish haqida o'ylash ko'rish durust.Bolalardan tezda natijalarni kutishning hojati yo'q, shuning uchun repetitorga yuqori talab qo'yishda sog'lom fikr yuritish ayniqsa muhimdir.Yuqoridagi tavsiyalar, sizga va farzandingizga repetitor bilan mashg'ulotlardan maksimal foyda olish imkonini beradi.Toshkent va boshqa shaharlardagi repetitorlarni, ta'lim xizmatlarining barcha tegishli tafsilotlari, muddatlari, narxi, ish tajribasi va boshqalar ma'lumotlari keltirilgan, RANK.UZ portalda topish mumkin.

Raqamli marketing - yoki Internetda reklama?


Raqamli marketing - yoki Internetda reklama?Raqamli marketing haqida allaqachon eshitganmisiz? Bu yangi yo'nalish nima va u qanday foydali?Biz uchun? Raqamli marketing tovarlar yoki xizmatlarni targ'ib qilishni anglatadizamonaviy texnologiyalar orqali. Internet-marketingdan farqli o'laroq, reklamadanafaqat Global Internet, balki POS kabi vositalar ham qo'llaniladiterminallar, aqlli gadjetlar va boshqalar.Ayniqsa, B2C va B2B sohalarida raqamli marketing ayniqsa mashhur bo'ldi. Rahmatzamonaviy texnologiyalardan foydalanish maqsadni samarali qamrab olishni ta'minlaydiauditoriya, u bilan muloqot va yuqori natijalar.Raqamli marketing: asboblar.Bunga hissa qo'shadigan vositalar, usullar va hatto faoliyat ham bo'lishi kerakodamlar e'tiborini keng qamrab olish, yangi mijozlarni jalb qilish. Qoida sifatida,yuqori darajaga erishish uchun bir vaqtning o'zida bir nechta vositalardan foydalaningnatijalar va maksimal maqsadli auditoriyani jalb qilish. Asosiy vositalargaQuyidagi usullarga quyidagilar kiradi:- SEO targ'iboti - tematik so'rovlarni ishlab chiqish, qidiruv tizimini optimallashtirishreklama beruvchining veb-sayti.- kontekstli reklama - reklamalar turli saytlarda joylashtiriladimatn, havola yoki grafik shaklida.- bannerlarda reklama - shunga o'xshash mavzular bilan boshqa saytlarda joylashtirilganxizmatlar ko'rsatish yoki tovarlarni sotib olishni taklif qiluvchi grafik bannerlar.- qalqib chiquvchi oynalar - reklama turli saytlarda foydalanuvchilar oldida paydo bo'ladi;Bu Internetda reklama qilishning mashhur usullaridan biridir.- televizorda reklama - bu erda hamma narsa aniq, chunki televidenie reklamasi ulardan biritovarlar yoki xizmatlarni ilgari surishning an'anaviy usullari.- radio reklama - auditoriyani tanishtirishning bir xil samarali usulireklama qilingan faoliyat.- SMS-xabarlar – potentsial mijozlarning mobil telefon raqamigareklama xabarlari yuboriladi.Vaziyatga qarab ishlatiladigan boshqa vositalar ham mavjud. Bir so'z bilan aytganda, raqamliMarketing - bu barcha turdagi ommaviy axborot vositalarida va turli usullarda xizmatlarni reklama qilish.Raqamli marketing: asosiy kanallar.- Internet. Bu, ehtimol, raqamli marketingning asosiy kanallaridan biri. EngSMM mashhur bo'lib, u ijtimoiy media marketingini anglatadi. Buning uchunreklama ijtimoiy tarmoqlarda, veb-saytlarda, qidiruv tizimlarida,Rasmlar va videolardan foydalaniladi, so'rovnomalar va anketalar o'tkaziladi.- raqamli televidenie - bo'lishi mumkin bo'lgan qisqa videolarni joylashtirish imkonini beradieshittirishdagi tanaffuslarda qarang. Ba'zan bu tickers va bo'lishi mumkinboshqa usullar.- mobil qurilmalar bir xil SMS-xabarlar, qo'ng'iroqlar, markalitakliflar va boshqalar.- aqlli qurilmalar juda mashhur bo'lgan zamonaviy texnologiyalardirkeng auditoriya orasida. Xizmatlar va mahsulotlarni targ'ib qilish uchun siz foydalanishingiz mumkinfitnes bilakuzuklar, tarozilar va hatto soatlar.Raqamli marketing: investitsiyalar.Toshkentdagi internet-reklama sizning biznesingizga ajoyib sarmoyadir. Qayerdareklama pullik yoki bepul bo'lishi mumkin. Xususan, boshqachasaytlarda reklama matnlari, raqamli bannerlar va boshqalar mavjud.Aloqa sahifalari imkon beruvchi ijtimoiy tarmoqlarda yaratiladipotentsial mijozlar bilan bog'laning, mahsulot va xizmatlaringizni reklama qiling.Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda foydali kontent joylashtiriladi. Aytgancha, sizSMM treningiga qiziqasizmi? Toshkentdagi raqamli marketingni taʼlim sohasida oʻrganish mumkinmalakali mutaxassislarga ega markazlar.Sizning biznesingiz uchun to'g'ri raqamli marketingni qanday tanlash mumkin.Har qanday marketing puxta tahlildan boshlanadi. Avval bilib olish juda muhim vataklif qilingan mahsulotning xususiyatlari kabi ma'lumotlarni tahlil qilish vamaqsadli auditoriyaning istaklari.Aynan shu tahlil asosida vositalar yaratiladitovarlar va xizmatlarni ilgari surish uchun foydalaniladi.Maqsadli auditoriya parametrlariga yosh, ijtimoiy mavqe, jins va hatto kiradikelajakdagi mijozlarning manfaatlari va yashash hududi. Misol uchun, agar mahsulot mo'ljallangan bo'lsayoshlar, keyin targ'ibot har qanday kanallar orqali amalga oshirilishi mumkin.Va mahsulotning xususiyatlari kim ko'proq ekanligi haqida aniq tasavvurga ega bo'lishi keraktaqdim etilayotgan mahsulot yoki xizmatga qiziqish bildirishi mumkin.Ammo asosiy talab - professional mutaxassislarga murojaat qilish,potentsial mijozlarga yangi mahsulotlarni qanday qilib to'g'ri taqdim etishni aniq biladigantovarlar va xizmatlar. Raqamli marketing bilan shug'ullanmoqchimisiz? Shunisi diqqatga sazovorkiBuning uchun oliy ma'lumotga ega bo'lish shart emas! Siz kichikdan boshlashingiz mumkin:Facebook, Instagramda reklama o'rgatish. Va agar siz buni qilishni yoqtirsangiztadbirlar, keyin raqamli marketing haqida ko'proq bilimlarni o'rganish orqali ta'limni davom ettiring.

 - Rank.uz